Created with Highcharts 5.0.4

Барча ёқлаб берилган овозлар сони

Жамоавий мурожаатга овоз бериш учун: 70 кун қолди
Жамоавий мурожаатни улашиш
Талабаларнинг масофавий дарсларда фойдаланишлари учун интeрнeт тармоғида интернет трафиги сарфланмайдиган махсус платформани яратиш ҳақида
Жамоавий мурожаат матни
Ҳозирги мураккаб шароитда олий таълим тизими масофавий тарзда амалга оширилмоқда. Лeкин интeрнeт тeзлиги пастлиги ва интернет трафикларининг қимматлиги талабалар, уларнинг ота-оналари ва ўқитувчиларга моддий қийинчиликларни туғдирмоқда. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан талабалар учун интeрнeт тармоғида трафик сарфланмайдиган махсус платформа ташкил этилиши керак. Махсус платформанинг яратилиши талабаларга қулайликларни яратиб, масофавий дарсларда узлуксиз иштирок этиш имкониятини берган бўлар эди.
Жамоавий мурожаат / ғоя ни амалга ошириш
Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда, талабаларнинг масофавий дарсларда фойдаланишлари учун интeрнeт тармоғида интернет трафиги сарфланмайдиган махсус платформани яратишни таклиф қиламиз.
8253
Изоҳлар (9)
QULMAMATOV IKROM ILHOM O‘G‘LI
Assalamu alaykum! Bu tizimni yulga quyishsa juda maqul ish bulardi. Hozirgi zamon talabi hamdir faqat tizimni yulga quyishda birinchi urinda talabalarning yaxshi bilim olishi chin dildan harakat qilib mana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanishi uchun talablarni quyishsa maqul bulardi.
7 Ноябрь 2020, 23:00
BOTIROVA XURSHIDAXON SHAMSIDIN QIZI
Juda yaxshi taklif deb o'ylayman chunki online ta'lim olishda ko'pchilikni qiynayotgan va ba'zi talabalar uchun esa bahona bo'layotgan muammo edi. Ta'lim saytlarining bepul bo'lishi ta'lim olish sifatga ham tasir qiladi, chunki megabayt ketyapti tezroq topshirib chiqsam kamroq xarajat qilaman degan o'y-fikrlar bo'lmaydi. Shuningdek online ta'limni yanada kuchaytirishimiz va pandemiyadan so'ng ham ma'lum miqdorda qolsa yaxshi bo'lardi. Xorij tajribalaridan o'rganib bizga ham yangi andozlarni ta'limga olib kirish va yoshlar orasida IT bilim va savodxonligini oshirish zarur deb hisoblayman.
7 Ноябрь 2020, 09:01
SHAVKATOV VAXOB SHUXRAT O‘G‘LI
Masofaviy o'qitishni tashkil etish uchun bu qadam bo'ladi Pandemiya sharoitida masofaviy o'qigan yaxshiroq, Agar biz pandemiya vaziyatida masofaviy o'qishni yaxshiroq tashkil qilolmasak bundan keyin hech qachon tashkil qilolmaymiz deb o'ylayman. Avvallari ham moodle bor edi lekin ko`pchilik (80%) talaba bilmas edi Moodleni nimaligini Karantinga tushundik, Masofaviy o'qishni ham yaxshiroq tashkil qilishimiz mumkin buning uchun yana qulayliklar va keng imkoniyatlar yaratilishi kerak, Nega ham onlayn dan "qochyapti" chunki sharoit yo`q dasni sifati yo`q, Bu nimani anglatadi Bizni ta'limda AKT ni roli pastligidan dalolat beradi, bu ketishda yaxshi natijaga erishmaymiz, Ham talaba harakat qilishi kerak ham o'qituvchilar darsni yaxshiroq tashkil qilishi kerak. Pandemiyada Biz talabalar masofaviy o'qishni ham uddalashimizni ko`rsatishimiz kerak.
6 Ноябрь 2020, 22:05
KAMOLOV ODILJON QOBIL-UGLI
Internet tezligi pastligi yangi yaratilgan platformani ishlashiga javob beroladimi? Õrniga oliy õquv yurti platformasiga kirishni trafiksiz qilsa bõmidimi?(Qaysi aloqa kampaniyasi bõlishidan qa'tti nazar) Tariksiz kirish uchun "Ta'lim" va shunga õxshash ta'riflarga ulanish shartmi? Kechirasilaru oliy õquv yurti platformasiga faqatgina login parollari bor odamlar(ya'ni talabalar va prafessor õqituvchilar) kira olishadi. Yangi platforma qilinishiga kelsak, oldin moodle, keyin HEMIS, endi ... Bu platformani bittasiga endigina õrganganda boshqasi, unisigayam endi õrganganda yana yangisi. Platformada yaxshi ishlashni õrganish uchun qancha vaqt ketadi? Talabalar tezroq õrganar lekin professor domlalarchi? Õrgandiyam deylik qancha vaqt yõqotamiz. Darslar yakulanib qoladi. Biz darslarni õzlashtiramizmi yoki yangi qilingan platformani õrganamizmi? Yangi platforma qilingani yaxshi lekin buni yangi qabul qilingan talabalardan boshlagan maqul deb õyliman.
6 Ноябрь 2020, 22:01
XUSHVAQTOV JASURJON O‘LMAS O‘G‘LI
Umuman olganda yaxshi fikr. Ta'lim saytlariga kirish bepul bo'lsa, talabalarga ham professor o'qituvchilarga ham ancha qulaylik bo'lardi. Men oyiga o'rtacha 150000 ishlatyapman internet uchun, endi tasavvur qilamiz barcha talabalar shunday ishlatishsin, xo'p kamroq 100000. O'ZB da qancha talaba bor va ular qancha pul sarflashyapti!? Ta'lim saytlarining bepul bo'lishi sifatga ham tasir qiladi, chunki mb ketyapti tezroq topshirib chiqsam kamroq xarajat qilaman degan o'y-fikrlar bo'lmaydi. Endi ananaviy ta'lim bilan bir qatorda online ta'limni ham o'tishni takomillashtirish kerak, darslarning qandaydir ma'lum qismi online ko'rinishda qolishi kerak deb o'ylayman. Va shuning uchun ham bu rejani tezroq amalga oshirish kerak. Biz rivojlangan davlatlardan andoza olgan holda o'z tizimimizni ishlab chiqishimiz zarur. Online ta'limdan voz kechmasligimiz kerak.
6 Ноябрь 2020, 14:05

Изоҳ қолдириш

Изоҳ қолдириш учун id.gov.uz тизими орқали рўйхатдан ўтишингиз лозим
×
Портал харитаси