Фуқароларнинг касаллик тарихини электронлаштириш ҳақида
  • Йўналиш:Саломатлик
  • Сана:2019-08-02 01:20:17
  • Муаллиф:XAYRULLAYEV SARDOR O‘KTAM O‘G‘LI
Жамоавий мурожаат матни
Бугунги кунда юртимизнинг деярли барча шифохоналарда шифокор ҳузурига киришда бемор ўзи билан бирга қоғоз амбулатор картасини олиб кириши керак. Амбулатор картанинг қоғоздан қилиниши ҳам беморлар, ҳам шифокорлар учун кўпгина ноқулайликларни келтириб чиқаради ва қанчадан-қанча маблағ ва вақтни беҳуда сарфланишига сабаб бўлиб келмоқда. Ушбу ноқулайликларни бартараф этиш ва Ўзбекистон тиббиёт соҳасида қоғоз тежамкорлигига эришиш лозим. Бунинг учун биринчи таклифим, Ўзбекистонда аҳоли сони кундан-кунга ортиб бораётганини ҳисобга олиб ва ҳар бир фуқаро учун алоҳида ID карта орқали кириладиган ва фуқароларнинг шахсий кабинетида маълумотлари шакллантириладиган махсус электрон маълумотлар базасини шакллантириш керак. Бу маълумотлар базаси ҳажми кўпайиб кетмаслигига ва серверлар ортиқча юкланиш билан ишламаслигига ёрдам беради. Иккинчидан, лойиҳа ишга туширилган вақтдан бошлаб, яъни 40 ёшгача бўлган ҳар бир Ўзбекистон фуқароси ва ёш болалар, чақалоқлар мажбурий равишда 40 ёшдан катталар эса ихтиёрий равишда ушбу электрон маълумотлар базасидан рўйхатдан ўтказилиши ва кейинчалик рўйхатдан ўтказишни чақалоқ туғилган вақтдаёқ амалга оширишни туғруқхоналарда жорий қилиш керак. Ушбу лойиҳа жуда катта маблағ талаб қилишини ҳисобга олиб, рўйхатдан ўтишни ЭКИҲнинг ярим ёки кўпи билан бир баробари миқдорида белгилаш керак.
Жамоавий мурожаат / ғоя ни амалга ошириш
Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда, Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги, Молия вазирлиги ҳамда Адлия вазирлиги томонидан фуқароларнинг касаллик тарихини электронлаштириш бўйича ишлар амалга оширилса, мақсадга мувофиқ бўлар эди.
303
Изоҳлар (8)
MEHMONOV KAMOLIDDIN KOMILJON O‘G‘LI
Aholini ro'yxatga olish ishlari ketmoqda. Balki shuning bir qismi sifatida kiritib yuborish mumkindir. 40 yoshgacha bo'lgan insonlar qachon qanday kasal bo'lishgan deyarli esidan chiqqan bo'lsa kerak. Bu taklifni ma'qullayman. Lekin, menimcha 10 yoshdan oshganlar uchun shart emas. Chunki ular haqida barcha ma'lumotlar ota onasi tomonidan eslab qolinmagani aniq. Bugungi kundagi 10 yoshgacha bo'lgan bolalarni, hamda endilikda tug'iladigan yosh avlodni to'laligicha ro'yhatga olib borish ham yetarli. Chala yarim ishlarni o'zimizga qo'llagandan ko'ra endilikda o'sib ulg'ayayotgan bolalarga to'laligicha qo'llash foydaliroq bo'lsa kerak. Buning yana bir muhim jihati bor. Ma'lumotlar daxilsizligi. Har bir insonning faqatgina o'zi biladigan id raqami va kirish uchun xos raqami (kodi) bo'lishi kerak. Uni shifokorga borganda taqdim qilib ma'lumotlar kiritishiga imkon beradi.
27 Октябрь 2019, 23:00
MEHMONOV KAMOLIDDIN KOMILJON O‘G‘LI
Buning yana bir jihati. Har bir shifokor kasallik varaqasiga yozganidan so'ng elektron raqamli imzo bilan yozuvini tasdiqlashi kerak. Albatta bu ishlar amalga oshirilsa xalqimiz sog'lig'iga qaratilgan ulkan e'tiborni amalga oshirgan bo'lamiz.
27 Октябрь 2019, 23:00
MEHMONOV KAMOLIDDIN KOMILJON O‘G‘LI
Aholini ro'yxatga olish ishlari ketmoqda. Balki shuning bir qismi sifatida kiritib yuborish mumkindir. 40 yoshgacha bo'lgan insonlar qachon qanday kasal bo'lishgan deyarli esidan chiqqan bo'lsa kerak. Bu taklifni ma'qullayman. Lekin, menimcha 10 yoshdan oshganlar uchun shart emas. Chunki ular haqida barcha ma'lumotlar ota onasi tomonidan eslab qolinmagani aniq. Bugungi kundagi 10 yoshgacha bo'lgan bolalarni, hamda endilikda tug'iladigan yosh avlodni to'laligicha ro'yhatga olib borish ham yetarli. Chala yarim ishlarni o'zimizga qo'llagandan ko'ra endilikda o'sib ulg'ayayotgan bolalarga to'laligicha qo'llash foydaliroq bo'lsa kerak. Buning yana bir muhim jihati bor. Ma'lumotlar daxilsizligi. Har bir insonning faqatgina o'zi biladigan id raqami va kirish uchun xos raqami (kodi) bo'lishi kerak. Uni shifokorga borganda taqdim qilib ma'lumotlar kiritishiga imkon beradi.
27 Октябрь 2019, 22:59
RUSTAMOV SHAVKAT HIDOYATOVICH
Нима қилсангиз ҳам давлат ҳисобидан эмас, хўжалик ҳисобидан бўлсин.
17 Октябрь 2019, 12:25
ARTIKOV JAXONGIR ABDUNABIYEVICH
Elektron kasallik tarixi varaqasani ochish (ro'yxatdan o'tkazish) uchun to'lov undirish menimcha o'rinsiz deb o'ylayman. Bundan tashqari Murojaatchi boshqa mamlakatlar tajribasini ham tahlil qilmaganga o'xshaydi. Chunki, Masalan, Rossiya Federatsiyasida ham bu narsani joriy qiishgan, biroq xanuzgacha baxs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Chunki shifokor tomonidan elektron kartani to'ldirishga ancha vaqt ketyapti va bemorlar navbat yetmay qolyapti. Shifokorning ishi bemorni tekshirish emas, varaqa to'ldirish bo'lib qolyapti. Qolaversa bizlarda aksariyat shifokorlarning yoshi katta va ular kompyuterda qog'ozga yozgandaka tez yozisha olmaydi. Murojaatda qog'oz tejamkorligi to'g'risida gap borgan, o'ylaymanki qog'oz tejamkorligini ro'kach qilish bu noo'rin. chunki 1 ta daftar kerak bo'lsa umrning ohirigacha yetadi. PS: Elektron kasallik tarixi varaqasani joriy etishga qarshimasman, qachonki Elektron kasallik tarixi varaqasani ochtirish ixtiyoriy va bepul bo'lsa.
16 Октябрь 2019, 18:21

Изоҳ қолдириш

Изоҳ қолдириш учун id.gov.uz тизими орқали рўйхатдан ўтишингиз лозим
Created with Highcharts 5.0.4

Барча овозлар сони

Жамоавий мурожаатга овоз бериш учун: 57 кун қолди

Жамоавий мурожаатга овоз бериш

Жамоавий мурожаатни улашиш
×
Портал харитаси
Эшитиш учун матнни белгиланг ва ушбу тугмани босинг