Created with Highcharts 5.0.4

Барча ёқлаб берилган овозлар сони


Мактаб директорлари сайловини жорий этиш ҳақида
Жамоавий мурожаат матни
Мактаб директорлари мактаб жойлашган ҳудудда таълим ва тарбия учун асосий жавобгар ва масъул шахслардан бири ҳисобланади. Кўп ҳолларда, гарчи муносиб билим, тажриба ва салоҳиятга эга бўлмаса ҳам мактаб директорлиги лавозимига туман (шаҳар) халқ таълими бўлимлари мудирлари ўзлари истаган шахсларни тайинлаганига гувоҳ бўламиз. Бу албатта, фарзандларимизнинг тарбиясида ўзининг натижасини кўрсатмай қолмайди. Бунинг олдини олиш учун Халқ таълими вазирлиги ҳузурида кўп йиллик тажрибага эга, ҳалол, фахрли педагоглардан иборат таркибда Кенгаш тузиш лозим. Бу, ўз навбатида, Кенгаш томонидан номзодларни кўриб чиқиш ва директорликка муносиб номзодни сайлаш имкониятини яратади.
Жамоавий мурожаат / ғоя ни амалга ошириш
Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда, мактаб директори сайлови жорий этилишини таклиф қиламиз.
7986
Изоҳлар (34)
XAMDAMXODJAYEV UBAYDULLA NURDINOVICH
ХТБ тизимидаги барча мудирлик лавозимларига таълим тизимида ишлаган фидойи эркак кадрларни қўйишлик ҳамда мактаб директорлари лавозимларига таълим тизимида ишлаган домлаларни танлов ва ўша мактабдаги ота-оналар комиссияси билан келишилган қабул қилиниши керак
28 Август 2018, 08:09
SOBIROV XUSHNUD KARIMOVICH
Maktab direktorlarining ko`pchiligi fidoiy jonkuyar o`qituvchilarni yoqtirmaydilar chunki bunday o`qituvchilar direktorga laganbardorlik qilmaydilar, direktorlar esa laganbardorlarni yaxshi ko`radilar, chunki bunday laganbardon o`qituvchilar bilan kelishib har xil noqonuniy ishlarni amalga oshirish mumkin bo`ladi. Videokameralarning ishlatilishi kuchli nazorat ostida bo`lishi kerak. Har bir majlis va ped.kengashlar o`tkazilgan soati ko`rsatilgan holda yozilishi kerak, bu videokameradagi soatga to`g`ri kelishi kerak.Shundagina ko`p noqonuniy ishlarning oldi olinadi.Hurmatli prezidentimiz aytganidek kamerasiz yozilgan buyruq va qarorlarni noqonuniy deb topish kerak.Chunki maktab direktori juda ko`p noqonuniy ishlarni amalga oshiradi. Kameralarga yozilgan yozuvlarni tuman miqyosida maxsus mutaxassisdan boshqa hech kim o`zgartira olmaydigan bo`lishi kerak.
18 Июль 2018, 20:23
SOBIROV XUSHNUD KARIMOVICH
Maktablardagi maktab direktori va o`qituvchilar orasidagi munosabatni xolis baholash uchun barcha maktablarda o`tkaziladigan majlislar va yig`ilishlar o`tkaziladigan xonalar ham videokameralar bilan jihozlanishi kerak. Har bir xolatlarda o`tkazilgan majlislar, pedagogik kengashlar yozib borilishi kerak. Majlislarni o`tkazishda darslarga xalaqit qilmaslik kerak, ya`ni dars paytida majlis va yig`in o`tkazmaslik kerak. Ko`pincha maktablarda majlis o`tkazish uchun ikki uch soat darslar o`tkazilmasdan qolib ketadi bu esa o`quvchilar bilimining va tarbiyasining yanada yomonlashishiga olib kelmoqda. Hozirgi vaqtda maktablarda har xil tadbirlar o`qkazganda ham 2-3 soat darslar qolib ketmoqda bu esa o`quvchilar ta`limi va tarbiyasining yomonlashishiga olib kelmoqda.Agar shunday tadbirlar ham videokameraga yozib borilsa noqonuniy ishlar bo`lmas edi.
18 Июль 2018, 20:22
SOBIROV XUSHNUD KARIMOVICH
Ko‘pincha hozirgi direktorlar o‘ziga biror ulush olmaguncha rag‘batlantirmaslik harakatida bo‘ladilar, o‘rnak ko‘rsatib ishlayotganlarning ham biror kamchiligini qidirib rag‘batlantirmaslik harakatini qiladi. Yani tirnoq ostidan kir qidiradilar. Hozirgacha maktablarda ish sifatining yomonlashishiga sabab ham xuddi shuning uchun kelib chiqqanidir. Noloyiq o‘tituvchilar "o‘zaro kelishuv" bo‘lgani uchun mukofot puli olib kelgan, bu hol esa izlanuvchan, yangilikka intiluvvhi tashabbuskor o‘qituvchining asabini buzadi.Shuning uchun direktor hurmatli XTV Sh.Shermetov aytganidek "sifat,adolat va shaffoflik"ni ta‘minlay oladigan o‘z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo‘ymaydigan pedagoglardan tanish-bilishchilikdan, otasi direktor bo‘lib ishlagani uchun emas, hokimning va ray ono mudirining odami bo‘lmagan haqiqiy vijdonli xudoni tanigan yani insof dionatli pedagoglardan saylab qo‘yish kerak deb o‘ylayman anashundagina maktablarda ish yaxshilanadi.
18 Июль 2018, 20:08
SOBIROV XUSHNUD KARIMOVICH
Maktab direktorlarini o`zi o`qitayotgan fani bo`yicha kamida 7-10 yil pedagogic ish stajiga ega bo`lgan, o`quvchilarni turli tadbirlarga ( bilimlar sinovi, olimpiadalar, turli ko`rik tanlovlarga) tayyorlab ko`rib o`qituvchi ishining zahmatini bo`shidan kechirgan, yuksak imsoniy va namunali ahloqiy fazilarlarga ega jamoani boshqarish qobiliyatiga va kompyuter savodxonligiga ega bo`lgan kamida 1- yoki oliy toifali umimiy ta`lim fani o`qituvchilari orasidan ishlari odilona o`rganib korrupsiyani aralashtirmasdan nufuzli komissiya xulosalariga asosan tayin;ansa ham bo`laveradi. Umuman maktab direktori bo‘lgan odam maktabni boshqarishda hurmatli XTV Sh.X.Shermetov aytganidek butun vujudini "sifat, adolat va shaffoflikni ta‘minlashga qaratishi kerak.Xodimlar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishi kerak, bu deganim o‘rnak ko‘rsatib ishlayotgan xodimlarni o‘z vaqtida rag‘batlantirib borishi kerak.
18 Июль 2018, 20:02

Изоҳ қолдириш

Изоҳ қолдириш учун id.egov.uz тизими орқали рўйхатдан ўтишингиз лозим
×
Портал харитаси