Created with Highcharts 5.0.4

Барча ёқлаб берилган овозлар сони


Ўзбекистонда хорижий тилларда эфирга узатилувчи миллий телеканални ишга тушириш ҳақида
Жамоавий мурожаат матни
Бугунги ахборот технологиялари ривожланган даврда юқори сифатли телеканалларга бўлган талаб ҳар доимгидан ҳам баланд. Республикамизда ҳозирда телеканаллар сони 20 дан ортиқ. Лекин назар соладиган бўлсак, деярли барча телеканалларнинг кўрсатувлари асосан ўзбек тилида олиб борилади. Шу тариқа телеканалларнинг ишлаш доираси фақатгина Ўзбекистон билан чекланиб қолмоқда. Ўзбекистон телеканаллари қўшни давлатларда ҳам намойиш этилса-да, тил сабабли қизиқиш пастроқ эканлигини сезиш мумкин.
Жамоавий мурожаат / ғоя ни амалга ошириш
Таклифим, Ўзбекистонда юқори сифатли, инглиз ва рус тилида фаолият юритувчи халқаро телеканални ишга тушириш лозим. Халқаро канал ҳозирги кунда Ўзбекистон учун жуда ҳам зарур. Телеканал Ўзбекистонда бўлаётган ривожланиш ва жадал ислоҳотларни, тарихий обидалар, миллий қадриятларимизни кўрсатадиган теледастурларни хорижий тилларда намойиш қилади. Бу телеканал Ўзбекистон брендини ривожлантириш, хорижий сайёҳлар ва инвесторларни жалб этиш ва улар оқимини ошириш, миллий маҳсулотларимизни халқаро бозорда реклама қилишга хизмат қилади.
4351
Изоҳлар (14)
RADJAPOV FAYZULLO BARATULLAYEVICH
Bu zur taklif shaxsan mening fikrim bizdagi kinoteatr kanalini ham uzbekcha ham ruscha kurish mumkin shu funksiyani uzreport sport va dunyo buylab kanallariga rus hamda ingliz tilini kirgizish ostida uzbekcha tarjimasi subitr qushish lozim shunda uzbekistonda bulib turgan turistlar ham nimadir kurishi mumkun bu uz navbatida tilurganish istagidagi insonlarga ancha yordam buladi ayniqsa bolajon kanaliga bulsami bolajonlaga sovga bulardi
26 Февраль 2019, 23:25
TANGISHOV MANSUR RASULOVICH
ABIROV JOXONGIR ALISHER O‘G‘LI juda yaxshi fikr, 100 % qo'shilaman. Faqat ozroq amalga oshirish mexanizmiga taklif bildirishim mumkin. Ushbu kanalni ingliz tilida qilish kerak. Barcha dasturlar, filmlar va hattoki reklamalari ham ingliz tilida ketishi. Har bir uzatiluvchi ko'rsatuv, film, dasturlarda 3 ta tilda subtitr (o'zbek, rus, ingliz tillarida) bo'lishini ta'minlash kerak. Shunda til o'rganmoqchi bo'lgan barcha insonlarga juda foydali manba bo'ladi. Bu albatta juda katta xarajatlarni talab qiladi, lekin buning foydasi kelajakda farzandlarimizning xorijiy tillarni bilish savodxonligini oshirishda juda katta yordam beradi. O'z o'rnida turistlar yoki chet ellik insonlarga O'zbekiston telekanalini ingliz tilida ko'rish va tasavvur hosil qilishiga ancha yordam beradi. ABIROV JOXONGIR aka 10 mingtaga yetmasa yana yangitdan kollektivniy qilib taklif qilish kerak. Man qo'shilaman, faqat imkon qadar detallashtirib yozamiz yangisida.
20 Февраль 2019, 09:58
ASHUROV SUXROB ABDISAMIYEVICH
Ming bor uzr ! TURK teleseriallarini kamroq ko'rsatishsa yo umuman ko'rsatishmasa jonga tegib ketdiku rosa. Televideniyamizni qaysidir raxbari turk millatiga mansub yoki o'sha raxbarni otasi turk bo'lsa kerak
9 Февраль 2019, 20:16
ABDULLAYEV AKMAL ALIMOVICH
Мен кушни мамлакатлар ва хозирда Узбекистон ахолиси куплаб бориб ишлаб пул топиб ва валютани респулкикага кирим килаётган ДОВЛАТНИ тилини урганиш учун.Шу тилда канал яратишни илтимос килар эдим.Керак булса шу тилни ургатиш каналиши очиш.
4 Январь 2019, 17:30
TOLIPOV AZAMAT FARXODOVICH
Bu yaxshi fikr. Bu kanalning auditoriyasi faqatgina asosan chel el odamlari va ingliz tilini biladigan O'zbekistonliklar bo'ladi. Birinchidan, ingliz tilida O'zbekiston pozitsiyasini o'z nuqtai nazaridan kelib chiqib dunyoga yetkazishga xizmat qiladi. Undan tashqari, faqat yangilikladan tashqari, ko'ngilochar elementlaniyam qo'shsa bo'ladi. Masalan, tanlangan ingliz tilidagi kinolarni o'z original tilida namoyish qilishning ham juda katta effekti bor: Skandinaviya mamlakatlarida Hollywood kinolari tarjima/dublyaj qilinmasdan efirga ketadi. Shuning uchun ham ularda ingliz tilida aholining judayam kotta qismi bemalol gaplasha oladi. Muammoli tarafi O'zbekistonda ko'p/yetarli audoriya yig'ib olishda bo'ladi.
3 Январь 2019, 01:29

Изоҳ қолдириш

Изоҳ қолдириш учун id.egov.uz тизими орқали рўйхатдан ўтишингиз лозим
×
Портал харитаси