Всего собрано голосов "за"
Необходимое количество голосов: 10000
Таянч докторантурага ҳужжат топширишда хорижий тилларни билиш даражасини белгиловчи сертификат мажбурийлигини бекор қилиш ҳақида
- Направление:Культура и спорт
- Дата:2022-10-24 11:29:45
- Автор:SAFAROV AZAMAT RASUL O‘G‘LI
Описание предложения
Ўзбекистон Республикасида давлат олий таълим муассасаларининг таянч докторантура босқичига ҳужжат топширишда талабгордан хорижий тилларни билиш даражасини белгиловчи сертификатга эга бўлиши талаб қилинмоқда. Бунинг натижасида мамлакатимиз олий таълим муассасаларининг таянч докторантура босқичига талабгорларнинг ҳужжат топшириш сони кескин камайиб бормоқда ҳамда олий таълим муассасаларида таянч докторантура учун ажратилган жойлар бўш қолмоқда. Хорижий тилларни билиш даражасини белгиловчи сертификатга эга бўлган талабгорлар асосан хорижий давлатлардаги олий таълим муассасаларининг таянч докторантурасига ҳужжат топширишади ҳамда уларнинг сертификатни қўлга киритишининг асосий сабаби ҳам хорижий давлатларнинг олий таълим муассасаларига ўқишга киришдир. Мантиқан олиб қараганда, юртимиздаги олий таълим муассасалари таянч докторантурасининг барча йўналишларига ҳужжат топшириш учун талабгорларга нисбатан хорижий тилларни билиш даражасини белгиловчи сертификатга эга бўлиш талабининг қўйилиши бироз нотўғри. Масалан, кимё, тиббиёт, иқтисодиёт, юриспруденция, сиёсат, социология ва бошқа шунга ўхшаш филологик фаолиятга алоқаси бўлмаган соҳалар таянч докторантурасига ҳужжат топширишда талабгорларга нисбатан хорижий тилни билиш эмас, балки ўз соҳасининг ҳам назарий, ҳам амалий билим ва кўникмаларига эга бўлиш талабини қўйиш керак. Дунёнинг ҳеч бир давлатидаги олий таълим муассасалари томонидан ўз фуқаролари бўлган талабгорларга нисбатан таянч докторантурага ҳужжат топширишда хорижий тилларни билиш сертификатига эга бўлиш талаб қилинмайди. Юртимиздаги олий таълим муассасаларининг таянч докторантурасига ҳужжат топширган талабгорлардан хорижий тилларни билиш даражасини белгиловчи сертификатни ҳужжат топшириш вақтида эмас, балки илмий ишининг расмий ҳимояси кунигача тақдим этишини белгилаш керак.
Целесообразность идеи / предложения
Юқоридагилардан келиб чиққан ҳолда, мамлакатимизда олий таълим муассасаларининг таянч докторантурасига ҳужжат топширмоқчи бўлган талабгорлардан хорижий тилларни билиш даражасини белгиловчи сертификатга эга бўлиш талабини бекор қилишни таклиф қиламиз.
Комментарии (24)

NUSHAROV JURABEK NARZULLAYEVICH
Magistraturadan ham sertifiketni olib tashlashni ilojisi bormi .... Turdosh bo'lmasa xoxlagan yo'nalishiga ham topshirib bo'lmayapti
4 Апрель 2023, 16:53

JUMANIYAZOVA GO‘ZAL BAXOROVNA
Uyat ham kerak, kirgandan keyin 1-kursni tugatguncha sertifikat olish sharti bilan deb amallab kirib oldingizlar. Yuqorida keltirilgan fikrlar bu bahona aslida. Ilmiy salohiyatga ega raqobatbardosh kadr ingliz tilini ham puxta egallay oladi, albatta. Qachongacha o'z qobig'imizga o'ralib yashaymiz, qo'lingdan kelmaydimi, o'qima ham, ilmiy ishni qilma ham. Menga o'xshagan qanchadan qancha ilm yo'lida yurganlar bor. Xorijiy til sertifikatiga egalar ichida bo'lajak olimlarni saylab olish korrupsiyaga barham berishning metodikasi va yagona strategiyasi hisoblanadi. Vazirlik ham bu kabi bahona ruhida yozilgan fikrlarni tahlil qilsa bo'lardi. Magistr, PhD lar ozgina vijdon bormi? Boshqa davlatlar ta'limi nimaga rivojlangan. Chunki u yerda o'zbekchilik yo'q, tanish-bilishchilik va poralar yo'q. Hurmatli Vazirlik, sizdan talab va iltimosim shuki, xorijiy sertifikat albatta o'z vaqtida aytildimi talab qilinsin. Bunaqangi fikr yozganlar stipendiya yeb yotishni biladi.
4 Апрель 2023, 15:45

SHOKODIROV ABDURAHMON RASULJON O‘G‘LI
Quyida bir nechta fakt orqali chet tilini bilish sertifikati zarur ekanligini va ko'p muhokamalardagi savollarga javoblar keltirilgan:
- Bu qonun orqali tanish bilish va korrupsiya holati ancha kamaygan bo'lardi;
- Keyingi yil topshiradigan talabgorlar endi til sertifikati qarori baribir o'zgarishi haqidagi tasavvurga kelib qolishadi;
- Ilmiy saviyani tushib ketishi bu til bilan bog'liqmasligi va "o'zbek tilidagi maqolalarni chet ellik olimlar nega o'qimaydi", "tilga nisbatan hurmat qani" deb bong urayotganlarga nisbatan haqiqatni ko'rsatish, aslida o'zi bizda olimlar maqolalarini chet ellik olimlar o'qimasligiga tilning umuman aloqasi yo'qligi va ilmiy jihatdan maqolalarning saviyasi pastda ekanligi;
- Qaror ijrosi ta’minlansa O’zbekistonda qilinayotgan ilmiy ishlarning ham salmoqli ekanligini chet el olimlari ingliz tilida yozilgan maqolalar soni va sifati oshganligidan ham bilib olishlari mumkin.
4 Апрель 2023, 14:58

KAMOLOVA MAHLIYO ZOKIROVNA
Taklif noto'g'ri berilgan. Chunki aksariyat mutaxassisliklar bo'yicha o'rganilishi lozim bo'lgan adabiyotlar o'zbek tilida mavjud emas. Jahon bo'yicha ham eng ko'p ma'lumotlar bazasi rus va ingliz tilida, shuningdek yo'nalishlarga qarab fors, arab tillarida ham bo'lishi mumkin. Shunday ekan til sertifikati talab qilinishi (ayniqsa doktorantlardan) juda to'g'ri ish. Chunki hozirda maktabda o'quvchilari, bakalavr va magistrlar orasida til biladiganlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Keyingi avlodning chet tili bilish foizi ancha yuqori. Ertaga doktorantlar faoliyatning yuqori bo'g'inida bo'la turib, chet tilini bilish bo'yicha keyingi avloddan ortda qolsa yaxshi bo'lmaydi albatta! Shunday ekan men sertifikat talab qilinishini ma'qullayman. Faqat talab qilinadigan til to'g'ri tanlanishi kerak. Xususan, rus tilini ham joriy sertifikatlar qatoriga kiritish kerak.
4 Апрель 2023, 14:57

SHOKODIROV ABDURAHMON RASULJON O‘G‘LI
Аmalda Prezidentimizning PQ-5117 sonli qarorlari 2022/2023 oʼquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʼqishga qabul qilishda qoʼllandi hamda juda yaxshi samara berdi va noqonuniy holatlarga chek qoʼydi. Аmmo bu holat eski tuzumga oʼrganib qolgan ba’zi OTM amaldorlariga umuman yoqmadi va ular oʼzlarining rejalarini amalga oshirolmay qolishdi. Endi esa bu amaldorlar Prezidentimizning PQ-5117 sonli qarorlariga qarshi tish tirnoqlari bilan qarshi kurashmoqdalar.
4 Апрель 2023, 14:57
Добавить комментарий
Чтобы оставить комментарий вам нужно авторизоваться через id.egov.uz