Created with Highcharts 5.0.4

Всего собрано голосов "за"


Бекобод шаҳрида Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети ёки Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетининг филиалини ташкил қилиш ҳақида
Описание предложения
Бекобод шаҳри - Тошкент вилоятининг энг чекка ҳудудларидан бири бўлиб, вилоят бўйича юқори иқтисодий салоҳиятга эга. Бекобод шаҳрида Марказий Осиёдаги ягона қора металлургия заводи ва комбинатлар мавжуд. Шаҳар яқинида Фарҳод ГЭС жойлашган. Ҳозирда “Ўзбекистон металлургия комбинати”да ферроқотишмалар ишлаб чиқарилмоқда. Бугунги кунда ушбу завод Жанубий Корея, Германия, Россия ва МДҲнинг кўплаб давлатлари билан ҳамкорлик қилиб келмоқда. Бу эса ўз-ўзидан ёш кадрларга бўлган эҳтиёжни юзага келтирмоқда. Бундан ташқари, бугунги кунда шаҳарда 93 мингдан ортиқ, Бекобод туманида эса 162 мингдан зиёд аҳоли истиқомат қилади. Бу рақамлар Бекобод тумани билан ҳисоблаганда янада ортади. Ҳозирда Бекобод тумани ва шаҳридаги мактабларни педагог кадрлар билан таъминлаш ҳар қачонгиданда долзарб.
Целесообразность идеи / предложения
Шу муносабат билан, Бекобод шаҳрида Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети ёки Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетининг филиалини ташкил қилишни таклиф қиламиз.
7958
Комментарии (23)
TOJIBOYEV RASHID SOBIR O‘G‘LI
Xulosa oʻrnida, Bekobod shahrida Toshkent davlat texnika universitetini Bekobod filiali va Bekobod davlat pedagogika instituti tashkil etilishi Bekobod shahri va tumani, Shirin shahri, Xovos tumani aholisi uchun, ushbu hududlarda joylashgan zavod, fabrikalar, ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarga yetuk kadrlar, maktab va bogʻchalarga pedagog kadrlarni yetkazib berishdek muammolarni bartaraf etgan boʻlardi. Shuning uchun, mazkur OTMlarni filiallarini ochilishini qoʻllab-quvvatlashingizni soʻrab qolamiz.
30 Июль 2019, 18:01
TOJIBOYEV RASHID SOBIR O‘G‘LI
4. Toshkent viloyati sobiq hokimi Gʻulomjon Ibrohimov, viloyatda xalq taʼlimi tizimi nochor ahvolga kelib qolganini 4 may kuni Senatning 19 yalpi majlisida bayon qilgan edi. Xususan hokim: kadrlar tayyorlash masalasida Xalq taʼlimi va Oliy taʼlim vazirliklari bilan hamkorlik qilish tartibi yoʻlga qoʻyilsa kadrlar yetishmovchiligi masalasida ijobiy natijaga erishgan boʻlar edik, deya eʼtirof etgan. Bekobod shahrida OTM filiallarini ochilishi ana shu kadrlar taqchilligiga barham bergan boʻlar edi.
30 Июль 2019, 18:01
TOJIBOYEV RASHID SOBIR O‘G‘LI
3. Shu yilning aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov DTM maʼlumotlariga asoslanib qaysi viloyat abituriyentlari koʻproq talaba boʻlayotgani haqidagi maʼlumotlarni ochiqladi. Unga koʻra, umumiy abituriyentlar sonidan talabalikka tavsiya etilganlarining ulushi Toshkent viloyatida 10.2 koʻrsatkichni tashkil qilar ekan. Bu esa viloyatlar kesimida eng oxiridan 5 oʻrin deganidir. Yaʼni har 100 nafar abituriyentdan 10 nafari talabalikka tavsiya etilayotgan ekan. Davlat taʼlim inspeksiyasini viloyatlar kesimi boʻyicha ilmiy salohiyatini oʻrganish natijada, Toshkent viloyatini (19.7) koʻrsatkichi faqat Surxondaryoda viloyatidan (18.1) yuqori ekan. Demak aynan bizning viloyatda abituriyentlarni talaba boʻlish koʻrsatkichi past va ilmiy salohiyati esa undan ham past ekan. Talab bor joyda taklif boʻladi deganlaridek, bu koʻrsatkichlarni OTM filiallarini tashkil qilish, viloyat abituriyentlarini koʻproq talaba boʻlishga chorlash orqali hal qilish mumkin.
30 Июль 2019, 18:01
TOJIBOYEV RASHID SOBIR O‘G‘LI
2. Qolaversa, 2017 yil 18 avgust kuni Prezidentimiz Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrifi chogʻida, Bekobod va Olmaliq shaharlari oʻrtasida rivojlanish boʻyicha musobaqa oʻtkazish taklifini ilgari surgan edi. Davlatimiz rahbari odamlarning turmushini yaxshilashdek olijanob maqsadlarga xizmat qiladigan ushbu oʻziga xos musobaqa shartlari haqida gapirgan edilar. Musobaqa shartlaridan biri taʼlim sifatini yaxshilash va yetuk kadrlarni tarbiyalash edi. Bu borada Olmaliq shahrida shu paytgacha 2 ta OTM filiali qurilib, foydalanishga topshirildi. Xususan Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning Olmaliq shahridagi filialini alohida taʼkidlash joizdir. Bekobod shaharida ham mahalliy OTMlarning filiallari boʻlishi uni teng raqobat va halol tarzda oʻtishini taʼminlaydi.
30 Июль 2019, 18:00
TOJIBOYEV RASHID SOBIR O‘G‘LI
Nega aynan Bekobod shahrida? 1. 2017–2021 yillardagi ustuvor Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari qatoriga viloyatlarning chekka hududlarida ham mahalliy OTMlarning filiallari qurilishi va chekka hududdagi yoshlarni ham OTM bilan qamrab olish nazarda tutilgan. Bekobod shahri Toshkent viloyatining eng chekka va olis (120~140 km) hududi boʻlib, Tojikiston respublikasi bilan chegaradosh. Demak ushbu hududda OTM filiali boʻlishi aholini oliy taʼlim bilan qamrab olganlik koʻrsatkichi oshishiga olib keladi.
30 Июль 2019, 18:00

Добавить комментарий

Чтобы оставить комментарий вам нужно авторизоваться через id.egov.uz
×
Карта портала